Hindistonlik kuzatuvchilar O‘zbekistondagi saylovlardan mamnun bo‘ldi

eʼlon qilindi
Shuningdek, Hindiston bilan hamkorlikni mustahkamlash haqida muzokaralar o‘tkazildi
Foto: O‘zbeksiton Tashqi ishlar vazirligi

Hindistonlik ekspertlar O‘zbekistonda parlament saylovlariga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rilganini qayd etib, saylovlar demokratiya, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tayotganini ta’kidladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Hindiston tashkilotlari, jumladan, Global tadqiqotlar instituti Ashok Sajjanxar va «Krishna Group» kompaniyasi rahbari  Asvat Kumar Reddi bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi siyosat, savdo, investitsiya, transport, turizm va mintaqaviy xavfsizlik kabi turli sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari ham muhokama qilindi. Ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Parlament saylovlarida 62,7 foiz saylovchi ovoz berib bo‘lganini yozgan edi.

Shuningdek