Yangiliklar

Oybek Usmonov Afgʻonistonga elchi etib tayinlandi

Yodgorxo‘ja Shodmonov o‘rniga tayinlandi
Foto: Dunyo

27-oktabr kuni O‘zbekistonning Afg‘onistondagi yangi elchisi Oybek Usmonov bugun Kobul shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Yangi tayinlangan elchi Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 2020-yildan 2024 -yilgacha Pokistonda elchi lavozimida ishlagan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tizimida 1998-yildan buyon faoliyat yuritib, markaziy apparatda ham va davlatning xorijdagi vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan. Ilgari u Misrda elchi va tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari ham bo‘lgan.

Oybek Usmonov 2012-yildan 2024-yilgacha Kobulda elchi bo‘lib ishlagan Yodgorxo‘ja Shodmonov o‘rniga tayinlandi. U pashtu-dari va ingliz tillarini biladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Pokistonga O‘zbekistonning yangi elchi tayinlangani haqida yozgan edi.