O‘zbekiston fuqarolari chet elda parlament saylovida ishtirok etmoqda – foto

O‘zbekistonning Rossiya, Janubiy Koreya va Turkiyadagi elchixonalarida Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Kursiv Uzbekistan saylov jarayonidan fotosuratlarni to‘pladi.
27-oktabr kuni yuzlab o‘zbekistonliklar saylovda ovoz berish uchun O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi oldida yig‘ildi.


Kvangju shahridagi 18-saylov uchastkasida o‘zbekistonliklar uyushmasining Koreyadagi ofisida ovoz berish jarayoni davom etmoqda.



«Uzbekistan Airways» xodimlari ham chetda qolmadi va parvoz ekipaji Seuldagi ovoz berish uchastkasiga saylovda ishtirok etishga tashrif buyurdi. Ovoz berish estafetasi aviakompaniyaning Janubi-Sharqiy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi jamoalariga topshirildi.


Shuningdek, Turkiyada ham O‘zbekiston fuqarolari elchixonada joylashgan
44-saylov uchastkasida ovoz bermoqda.




Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston prezidenti deputatlar saylovida ovoz bergani haqida yozgan edi.