Yangiliklar

O‘zbekiston fuqarolari chet elda parlament saylovida ishtirok etmoqda – foto

Kursiv Uzbekistan saylov jarayonidan fotosuratlar to‘pladi
Foto: O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi

O‘zbekistonning Rossiya, Janubiy Koreya va Turkiyadagi elchixonalarida Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Kursiv Uzbekistan saylov jarayonidan fotosuratlarni to‘pladi.

27-oktabr kuni yuzlab o‘zbekistonliklar saylovda ovoz berish uchun O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi oldida yig‘ildi.

Foto: Saylov – 2024
Foto: Saylov – 2024

Kvangju shahridagi 18-saylov uchastkasida o‘zbekistonliklar uyushmasining Koreyadagi ofisida ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

Foto: O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi
Foto: O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi

«Uzbekistan Airways» xodimlari ham chetda qolmadi va parvoz ekipaji Seuldagi ovoz berish uchastkasiga saylovda ishtirok etishga tashrif buyurdi. Ovoz berish estafetasi aviakompaniyaning Janubi-Sharqiy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi jamoalariga topshirildi.

Foto: Uzbekistan Airways
Foto: Uzbekistan Airways

Shuningdek, Turkiyada ham O‘zbekiston fuqarolari elchixonada joylashgan
44-saylov uchastkasida ovoz bermoqda.

Foto: O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi
Foto: O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi
Foto: O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi
Foto: O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston prezidenti deputatlar saylovida ovoz bergani haqida yozgan edi.