O‘zbekistonlik figurali uchuvchilar Kanadadagi turnirda kumush medalni qo‘lga kiritdi – video

eʼlon qilindi
O‘zbekistonlik figurali uchuvchilarning juftlik dasturidagi birinchi medaldir
Foto: vkovalcik / depositphotos.com

Yekaterina Geynish va Dmitriy Chigirev juftligi Kanadaning Galifaks shahridagi Gran-pri turnirida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya Qo‘mitasi xabar berdi.

Ularning erkin dasturdagi ishtiroki 126,12 ballni tashkil etib, ishtirokchilar orasida eng yuqori natijani qayd etdi. Sportchilar jami 189,65 ball to‘plagan.

Bu Gran-pri musobaqasida o‘zbekistonlik figurali uchuvchilarning juftlik dasturidagi birinchi medaldir.

Oltin medalni musobaqa mezbonlari Diana Stellato-Dudek va Maksim Desham qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rinni esa Anastasiya Golubeva va Gektor Giotopoulos.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kanadada o‘tkazilayotgan figurali uchish boʻyicha Gran-pri turniriga start berilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek