Qozog‘istondagi O‘zbekiston fuqarolari yo‘llarda ehtiyotkorlik choralariga chaqirildi

eʼlon qilindi
Qozog‘istonda havo keskin sovishi sababli
Foto: Migratsiya agentligi

O‘zbekiston Migratsiya agentligi Qozog‘istonda keskin havo buzilishi sababli O‘zbekiston fuqarolarini yo‘llarda ehtiyotkorlikka chaqirdi.

Qozog‘istonda havo keskin sovishi sababli tuman, kuchli yomg‘ir va muzlash tufayli yo‘llarda harakatlanish qiyinlashishi kutilmoqda.

«Ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, ishonchli va xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘raymiz», – deyiladi xabarda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Isroildagi elchixona oʻzbekistonliklarni koʻchaga chiqmaslikka chaqirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek