Yangiliklar

Saylov kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo bo‘ladi

Toshkentda yomg‘ir yog‘maydi
Foto: depositphotos.com

Bugun, 27-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kuzatiladi. O‘rtacha havo harorati 14-19 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.

Toshkent shahrida havo bulutli bo‘lishi mumkin, biroq yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi harorat 19 darajagacha ko‘tariladi.

Tog‘li hududlarda esa yog‘ingarchilik kuzatiladi, tepaliklarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. O‘rtacha havo harorati 8-13 daraja salqin bo‘ladi.