Yangiliklar

Saylov masalasida jami oltita murojaat kelib tushdi – Bosh prokuratura

Uning ma’lum qilishicha, hududlar kesimida murojaatlarning ikkitasi Toshkent shahriga, Qashqadaryo, Farg‘ona, Jizzax va Xorazm viloyatlariga bittadan to‘g‘ri keladi
Foto: Kursiv Uzbekistan

Saylov masalasida saylovchilar va nomzodlardan jami oltita murojaatlar kelib tushdi. Bu haqda Bosh prokuror oʻrinbosari Shohrux Aminov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, hududlar kesimida murojaatlarning ikkitasi Toshkent shahriga, Qashqadaryo, Fargʻona, Jizzax va Xorazm viloyatlariga bittadan toʻgʻri keladi. Ularning ikkitasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, toʻrttasi esa xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga oʻtkazilayotgan saylovlarga bogʻliq masalalar yoritilgan.

Murojaatlarning uchtasi siyosiy partiyalar tomonidan muayyan shaxslarning nomzod sifatida koʻrsatilmagani, buning oqibatida ular saylovda ishtirok eta olmagani qayd etilgan. Qolgan murojaatlar saylovga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish masalalarida kelib tushgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan saylovchilarning deyarli 50 foizi ovoz berib boʻlgani haqida xabar bergan edi.