Saylovchilarning 62,7 foizi ovoz berib bo‘ldi

eʼlon qilindi
Foto: MSK

Soat 15:00 holatiga ko‘ra, saylovda ovoz berganlar soni 12,5 mln nafardan oshdi. Bu jami saylovchilar sonining 62,7 foizini tashkil qiladi.

Infografika: MKS

Eng yuqori faollik Farg‘ona viloyatida – 69 foiz saylovchilar ishtirok etdi. Shuningdek, Namangan va Navoiy viloyatlarida – 68 va Andijon viloyatida – 66 foiz saylovchilar saylovda qatnashdi. Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich 54 foizni tashkil etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Saylov masalasida Bosh prokuratura jami oltita murojaat kelib tushgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek