O‘zbekiston vaqti bilan soat 13:00 holatiga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida saylovchilarning 47,62 foizi ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Markaziy saylov komissiyasi.
Ertalab soat 8:00 dan buyon 19,944 milliondan ortiq saylovchilardan 9,498 millioni ovoz berdi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Kuchkarovning ma’lum qilishicha, qonunchilikda saylovda saylovchilarning 33 foizi ishtirok etsa, saylov o‘tgan deb topiladi. Shu sababli saylov o‘tgan deb hisoblandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan soat 11:00 holatiga ko‘ra, saylovchilarning 29,5 foizi, ya’ni 5,9 mln nafari ovoz berib bo‘lgani haqida xabar bergan edi.