Saylovda 40 mingdan ortiq mahkumlarning ovoz berishi ta’minlandi
eʼlon qilindi
Qamoqda saqlash va jazoni ijro etish joylarida jami 48 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan
Bugungi saylovda jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan 40 ming kishi ishtirok etadi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Bekmurod Abdullayev ma’lum qildi.
Abdullayevning ta’kidlashicha, qamoqda saqlash va jazoni ijro etish joylarida jami 48 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan. Saylovoldi tashviqoti davrida deputatlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari jazoni ijro etish joylarida 100 dan ortiq tadbirlar oʻtkazishgan.
Shuningdek, u amaldagi qonunchilikka koʻra, saylov oʻtkazish tartibini buzganlik uchun Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida va Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilanganini eslatib oʻtdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan saylovchilarning 62,7 foizi ovoz berib boʻlgani haqida xabar bergan edi.