Toshkent aholisi saylov jarayonlarida qanday ishtirok etmoqda – foto

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan muxbiri uchta saylov uchastkasidagi saylov jarayonlarini kuzatdi
Foto: Kursiv Uzbekistan

Kursiv Uzbekistan nashri 2024-yil 27-oktabr kuni Toshkent shahridagi uchta saylov uchastkasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlariga bo‘lib o‘tayotgan saylov jarayonlari bilan tanishdi.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Ilk manzil poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 34-saylov uchatkasi bo‘ldi. Uchastka «O‘zcharmsanoat» charm va poyabzal korxonalari uyushmasi binosida joylashgan bo‘lib, 2843 nafar fuqaro uchun xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. Soat 12:00 holatiga ko‘ra ularning yarmidan ko‘pi ko‘rsatilgan nomzodlardan biriga o‘z ovozini berish uchun ro‘yxatdan o‘tib ulgurdi.

Foto: Kursiv Uzbekistan

«Mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan siyosiy jarayonlarda ishtirok etish, o‘z fuqarolik pozitsiyamni ko‘rsatish va kelajakka befarq bo‘lmaslikdir, deb bilaman. Shuning uchun nomzodlar bilan yaxshilab tanishib, o‘z tanlovimni amalga oshirdim», — deydi ovoz beruvchilardan biri Sohiba Murodullayeva.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Navbatdagi tashrif tumandagi 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabida joylashgan 36-saylov uchastkasiga amalga oshirildi. Uchastka umumiy 2488 nafar fuqarolarni qamrab olishi rejalashtirilgan. Soat 10:00 ga qadar 200 nafardan ziyod fuqaro ovoz bergan.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Saylov uchastkasi vakili Nafisa Inogamovaning so‘zlariga ko‘ra, uchastkadagi saylov jarayonini kuzatish va baho berish uchun xalqaro kuzatuvchilar ham tashrif buyurgan.

Foto: Kursiv Uzbekistan

37-saylov uchastkasi esa 225-maktabda joylashgan bo‘lib, binoning kirish qismida vatanparvar ruh bag‘ishlovchi musiqalar bilan saylovchilar kutib olinmoqda.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Soat 12:00 ga qadar umumiy kutilayotgan 2289 nafar fuqaroning 864 nafari, ya’ni 33 foizi allaqachon ovoz berib ulgurdi.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Saylov uchastkasi vakili Go‘zal Shoislomovaning ta’kidlashicha, ilk marta saylovda ishtirok etgan yosh saylovchiga sovg‘alar taqdim etilgan. Katta-yu kichik barcha fuqarolar saylovda ishtirok etayotgan jarayoni aks etgan suratlarni yaqinlari bilan bo‘lishgan holda ularni ham faollikka chorlamoqdalar.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Ma’lumot uchun, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlar 20:00 ga qadar davom etadi.

Shuningdek