Uittaker Chimayevning bosimiga dosh bera olmadi: birinchi raundda nokaut
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan UFC 308 turnirida
                    
                            
26-oktabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan UFC 308 turnirida Hamzat Chimayev sobiq chempion Robert Uittaker bilan uchrashdi. Bu haqda UFC sayti xabar berdi.
Jangning birinchi raundidayoq asli chechenistonlik bo‘lgan sportchi Chimayev darhol hujumga oʻtib, Uittakerni yerga yiqitdi va boʻgʻishga harakat qildi. Avstraliyalik sportchi bu usuldan qutula olmadi va birinchi raundda taslim bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Uittaker UFC reytingida yuqoriroq o‘rinni egallagan, ammo sport ishqibozlari Chimaev g‘alaba qozonishiga ishongan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan surxondaryolik jangchi UFC chempionligi uchun tarixiy jang olib borishi haqida yozgan edi.
