
Bugun, 28-oktabr kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning birinchi yarmida yog‘ingarchilik kuzatiladi va tuman tushishi ehtimoli bor. O‘rtacha havo 8-13 daraja bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi harorat 10-12 daraja salqin bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda esa yomg‘ir va qor yog‘adi, ba’zi joylarda esa tuman tushadi. Havo harorati 0-5 daraja salqin bo‘ladi.