2024-yil III choragi yakunlari bo‘yicha «Aloqabank»ning sof foydasi 21,3 milliard so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 90,8 foizga kam, deyiladi bank hisobotida.
2023-yilning yanvar – sentabr oylarida bankning sof foydasi 231 milliard so‘mdan oshgan edi. Shu bilan birga, joriy yilda kompaniyaning kapitali 15,6 foizga oshib, 2,6 trillion so‘mni tashkil etdi.
Moliya instituti aktivlari esa yil davomida 16,3 foizga o‘sib, 19,7 trillion so‘mga yetdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «O‘zsanoatqurilishbank»ning moliyaviy ko‘rsatkichlari haqida yozgan edi.