Yangiliklar

Bozordagi vaziyat: Isroil va Eron mojarosi neft narxlariga ta’sir qildi

Tesla aksiyalari ko‘tarilmoqda
Foto: DeminPan / www.depositphotos.com

28-oktabr, dushanba kuni neft fyucherslarining narxi tushib ketdi. Bu haqda Trading Economics portali xabar berdi. Isroilning Eronga qarshi uyushtirgan hujumlari xomashyo va yadro obyektlariga ta’sir koʻrsatmagani sababli bunday holat yuzaga keldi.

Brent bir barreli $73, WTI $69 atrofida baholanmoqda. Har ikki markadagi xomashyo narxi taxminan 4 foizga arzonlashdi.

Shanba kuni Isroil aviatsiyasi Eron harbiy obyektlariga zarba berdi. Investorlar energiya yetkazib berish infratuzilmasi zarar ko‘rganidan xavotirda edilar, ammo bu sodir bo‘lmadi. Shuning uchun narxlar pasayib ketdi.

Aksiyalar bozorida Tesla (+3.34 foiz), Apple (+0.98 foiz) va Meta (+0.94 foiz) qimmatli qog‘ozlari o‘sib bormoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Afg‘oniston Amudaryo havzasida neft qazib olishni oshirishi haqida yozgan edi.