Eron Isroilga o‘z kuchini ko‘rsatib qo‘yishga va’da berdi
Eron oliy rahbari Seyid Ali Xomanaiy Isroilga tahdid qilib, Islom Respublikasining qudratini ko‘rsatib qo‘yishga va’da berdi. Bu haqda Xameneiy matbuot xizmat xabar berdi.
«Kecha tunda sionist rejimi (Tehronda Isroilni shunday deb ataydi – Tahr.) koʻp narsani oʻz zimmasiga oldi va unga Eron xalqining kuchi, irodasi va tashabbusini oydinlashtirish zarur», – dedi Xomanaiy.
Shuningdek, u Isroil hujumlarini kam ham baholamaslik, oshirib ham ko‘rsatmaslik kerakligini ta’kidladi.
26-oktabrga o‘tar kechasi Isroil yuzdan ortiq samolyotdan foydalangan holda Eronga hujum qildi. Eronning Tehron, Xuziston va Ilom hududlarida, jumladan, Mudofaa vazirligi binosida harbiy nishonlarga qarshi zarba berildi. Tel-Aviv operatsiya muvaffaqiyatli o‘tganini, Tehron hujumdan yetkazilgan zarar minimallashtirilganini aytdi.
Eron bergan bayonotga ko‘ra, Isroil Eronga AQSh nazoratida bo‘lgan Iroq hududidan hujum qilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Isroilning Eronga hujumi jahon neft bozoriga qanday ta’sir qilgani haqida yozgan edi.