2024-yilning yanvar – sentabr oylari davomida O‘zbekiston aholisi gaz ta’minoti tashkilotlari faoliyati yuzasidan 1,5 mingta murojaat yo‘llagan. Bu haqda Raqobatni qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, shikoyatlarning aksariyati to‘lovlarni noto‘g‘ri undirish bilan bog‘liq. Shu tariqa Jizzax viloyatida gaz ta’minoti tashkiloti filiali qurilish tashkilotidan asossiz hisoblangan salkam 122 mln so‘m qarzdorlik undirilgan.
Buxoro viloyatida yashovchi fuqarodan hisoblagich buzilgani uchun adashib 19 mln so‘m qarz undirilgan. Qashqadaryo viloyatida tizim operatorining shaxsiy hisob raqamini aralashtirib yuborgan xatosi tufayli iste’molchi qarzdorlar ro‘yxatiga tushib qolgan. Xorazm viloyatidagi xonadon xaridori hisoblagich almashtirilgandan keyin hech qachon gazga ulanmagan bo‘lsa-da, gaz uchun qarzdorlik aniqlangan.
Murojaatlarning yana bir guruhi xizmat ko‘rsatish sifati – gaz quvurlaridagi bosim, suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish muddatlari bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr uchun bir martalik kompensatsiya puli berilishi haqida yozgan edik.