Gruziya parlamenti saylovida Rossiyaning qo‘li bor – Nika Gvaramiya

eʼlon qilindi
U xalqni saylov natijalariga qarshi norozilik namoyishlariga chorladi
Foto: Kostya Manenkov/AP

Gruziya muxolifatchisi Nika Gvaramiya yaqindagina e’lon qilingan parlament saylovi natijasini tan olmasligini, bu Rossiyaning Gruziyani egallab olishini qonuniylashtirish bilan barobar ekanini aytdi. Yana u saylovlari natijalariga qarshi koʻchaga chiqishga chaqirdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukmron «Gruziya orzusi» partiyasi nazorati ostidagi hukumat 26-oktabr kuni o‘tkazgan saylov natijalarini to‘liq soxtalashtirgan.

«Biz nafaqat Rossiya maxsus operatsiyasi deb ta’riflash mumkin bo‘lgan voqeaning guvohi, balki qurbonlari ham bo‘ldik. Bu xalqimiz va mamlakatimizga qarshi olib borilayotgan gibrid urushning yangi shaklidir», – dedi Gvaramiya.

Ammo minglab gruziyalik va xalqaro saylov kuzatuvchilari mamlakat boʻylab shahar markazlaridan tortib Kavkaz togʻlaridagi qashshoq, chekka qishloqlargacha boʻlgan saylov uchastkalarida ovoz berishning erkin va adolatli oʻtdi, deya baholagan.

Ertasi kungi Xalqaro respublikachilar instituti va Milliy demokratik institut o‘tkazgan brifingda saylovda saylovchilarni saylov uchastkalari ichida va tashqarisida ta’qib qilish, «Davlat sektori xodimlari va ijtimoiy xizmatlar oluvchilarga nisbatan keng tarqalgan qo‘rqitish va bosim qilish kabi holatlar uchragani qayd etildi.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken ham saylov kuzatuvchilarining «qonunbuzarliklar va vaqti-vaqti bilan zo‘ravonliklar haqidagi hisobotlarini» tan oldi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidentligi uchun Tramp va Harris saylov poygasi davom etmoqda.

Shuningdek