Yangiliklar

Instagram video sifatini pasaytiradi

Mashhur videolar sifati o‘zgarishsiz qoladi
Foto: Digital4

Instagram ijtimoiy platformasi kam ko‘rilgan videolar sifatini pasaytiradi. Bu haqda kompaniya rahbari Adam Mosseri Threads tarmog‘ida ma’lum qildi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/10/img_0536-1-1.mp4

Mosserining so‘zlariga ko‘ra, mashhur videolar yuqori sifatda qoladi.

Ba’zi foydalanuvchilar ushbu yangilikni tanqid qildilar. Ular buni mashhur va yangi boshlagan ijodkorlar o‘rtasidagi farqni kuchaytirishi mumkin deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlardan aholining 24,6 foizi foydalanishi haqida xabar bergan edi.