Umumta’lim, ijodiy va ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilarining kuzgi ta’tillari 4-noyabrdan 10-noyabrga qadar davom etadi. Bu haqda Xalq ta’lim info ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, maktablarda ikkinchi chorak darslari 2024-yil 11-noyabrda boshlanadi.
Agar ta’tilning oxirgi kuni bayramga yoki dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, darslar keyingi ish kunidan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda bolalar bog‘chalarida inklyuziv guruhlar tashkil etilishi haqida yozgan edik.