Ushbu o‘quv yilida magistratura bosqichi uchun qo‘shimcha qabulga ruxsat berildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni qo‘shimcha ravishda qabul qilish mumkin bo‘ladi. Bunda to‘lov-kontrakt OTMlar tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan oshmasligi lozim.
Ma’lumot uchun, qo‘shimcha qabul asosida magistrant bo‘lishni istagan talabgorlar bevosita OTM qabul komissiyasiga murojaat qilishlari zarur.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq talabalar stipendiya miqdori haqida qanday fikrda ekanligi haqida batafsil yozgan edik.