Nomzodlarni koʻrsatish va roʻyxatga olish jarayoni boʻyicha uchta ariza kelib tushgan – Oliy sud
Xalq deputatlari tuman Kengashlari deputatligiga nomzodlarni koʻrsatish va roʻyxatga olish jarayoni boʻyicha jami uchta ariza kelib tushgan. Bu haqda Oliy sud raisi oʻrinbosari Polvonov Shuhrat brifingda ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, saylov davrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni koʻrsatish jarayoni yuzasidan sudlarga arizalar kelib tushmagan.
«Bugungi kunga qadar saylov oʻtkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish, ularning ishlariga toʻsqinlik qilish, murojaatlarini koʻrib chiqishni gʻayriqonuniy tarzda rad etish, koʻrib chiqish muddatlarini buzish bilan bogʻliq ma’muriy huquqbuzarlik ishlari sudlarga kelib tushmagan», – deydi Polvonov.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan saylovda 40 mingdan ortiq mahkumlarning ovoz berishi ta’minlangani haqida xabar bergan edi.