O‘zbek banklari internetda: qidiruv tizimida kimlar yetakchi
Wunder Digital agentligi sentabr oyida O‘zbekiston banklari saytlarining SEO samaradorligi bo‘yicha hisobot tayyorladi. Kursiv Uzbekistan ushbu hisobotning eng qiziqarli jihatlari bo‘yicha ma’lumot to‘pladi.
Reytingni tuzishda so‘rovlar chastotasi tahlili, bank portallarining qidiruv natijalaridagi o‘rni kabi asosiy omillar hisobga olindi.
Umumiy ko‘rinish reytingida yetakchilik «Ipak Yo‘li banki»ga tegishli bo‘lib, sentabr oyida uning internetdagi ko‘rinish darajasi 57,03 foiz deb baholandi.
Ikkinchi o‘rinni esa 45,53 foiz bilan «O‘zsanoatqurilishbank» egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rindan 32,98 foiz ko‘rsatkich bilan «O‘zmilliybank» yakunladi.
Google qidiruv tizimidagi bank portallari ko‘rinishi haqida gapiradigan bo‘lsak, bu yerda yetakchilik 57,63 foiz ko‘rsatkich bilan «Ipak Yo‘li banki»ga tegishli. Keyingi o‘rinlardan «O‘zsanoatqurilishbank» 47,02 foiz va «Turonbank» 33,84 foiz ko‘rsatkich bilan joy olgan.
Yandex’da birinchi o‘rinni 53,97 foiz ko‘rinish bilan «O‘zmilliybank» egalladi. Ikkinchi o‘rinda 51,59 foiz bilan «Ipak Yo‘li banki», uchinchi o‘rinda esa 51,39 foiz ko‘rsatkich bilan «Hamkorbank» joy oldi.
«Ko‘plab banklarning ko‘rinishi juda past — 27 ta tadqiq qilingan tashkilotdan 9 tasida bu ko‘rsatkich 1 foizdan oshmaydi, bu esa trafikni oshirish va mijozlarni jalb qilish uchun SEO ustida jiddiy ish olib borish zarurligini ko‘rsatadi», – deyiladi Wunder Digital hisobotida.
Wunder Digital past o‘rinlarga ega banklarga saytlarni optimallashtirishni va ko‘rinishni yaxshilash, mijozlar sonini oshirishni tavsiya etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan S&P tashkiloti O‘zbekistondagi moliyaviy xizmatlarning raqamlashtirilishini o‘sishi haqida prognoz berganini xabar qilgan edi.