O‘zbekiston mahsulotlari uchun potensial eksport bozorlari tahlil qilindi

eʼlon qilindi
75,5 foiz buyurtmachilar uchun mahsulotning qayerdan eksport qilinishi ahamiyatsiz
Foto: okcredit.com

O‘zbekiston mahsulotlari uchun potensial eksport bozorlari haqida keltirilgan tadqiqot natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, meva-sabzavotlar va ularning qiyomlari, ip-gazlama, kiyimlar, kimyoviy tola, o‘g‘itlar, qimmatbaho toshlar kabi mahsulotlarga bo‘lgan talabning AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada va boshqa mamlakatlarda yuqoriligi qayd etildi.

Tadqiqot har bir viloyatning eksport imkoniyatlarini aniqlash va iqtisodiy holatini yaxshilashga yordam beradi. Misol uchun, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari meva-sabzavotlar uchun yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lsa, Navoiy va Toshkent qimmatbaho toshlar hamda metallar eksporti uchun tavsiya etilgan.

Ma’lumot uchun, buyurtmachilarning 75,5 foiziga mahsulotning qaysi davlatda yetkazilishining ahamiyati yo‘qligi ma’lum qilindi. Shuningdek, 60 foiz buyurtmachilar to‘lov shakli uchun akkreditivni, 28,4 foizi esa telegrafik pul o‘tkazmasi hamda bank orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmani tanlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston meva-sabzavot eksportini deyarli 12 foizga oshirgani haqida yozgan edik.

Shuningdek