Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistondagi elchisini lavozimidan ozod etdi
eʼlon qilindi
Musa Jamanbayev 2022-yil aprelidan buyon ushbu lavozimda ishlab kelgan

Sadir Japarov farmoni bilan 2022-yil aprelidan buyon ushbu lavozimda ishlab kelgan Musa Jamanbayev O‘zbekistondagi elchi lavozimidan ozod etildi.
Elchini ishdan bo‘shatish sabablari haqida hozircha ma’lumot yoq. Ilgari u prezidentning protokol xizmati rahbari lavozimida ishlab kelgan.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonga Qirg‘izistonning to‘rtta pansionati berilishini yozgan edi.