Tolibon ayollarga ovoz chiqarib qiroat qilish va jamoat bo‘lib namoz o‘qishni taqiqladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Vazir Muhammad Xolid Hanafiy so‘zlariga tayanib, Amu TV ma’lum qildi
Foto: Ax1962/Depositphotos.com

Afg‘onistonda Ezgulikni targ‘ib qilish va yomonliklarning oldini olish vazirligi ayollarga Qur’onni ovoz chiqarib o‘qish va boshqa ayollar ishtirokida namoz o‘qishni taqiqladi. Bu haqda Amu TV xabar berdi.

Unga ko‘ra, yangi taqiqni boshqarma boshlig‘i Muhammad Xolid Hanafiy ma’lum qildi.

2024-yil avgust oyida Afg‘onistonda 35 moddadan iborat qonun qabul qilingan bo‘lib, unda ayollarning jamoat joylarida so‘zlashi va jamoat joylarida yuzlari ochiq holda yurishi taqiqlanadi. Rasmiylarga ko‘ra, yangi taqiqlar illatlarga qarshi kurashish va ezgulikni targ‘ib qilish uchun qabul qilingan.

«Oilasining yagona boquvchisi bo‘lgan ayollar qanday qilib ro‘zg‘orlarini o‘tkazishlari, tibbiy yordam olishlari va hatto ovozlari taqiqlangan holda qanday qilib yashashlari mumkin?» – dedi telekanalga ayollar huquqlari faollaridan biri.

Ma’lumot uchun, 2021-yil avgustida hokimiyatni qo‘lga kiritgach, Tolibon ayollar huquqlarini hurmat qilishga va’da bergan edi. Biroq tez orada cheklovlar joriy qila boshladi. Islomchilar 20 yillik Xotin-qizlar ishlari vazirligi tugatildi, qizlarning maktabda ta’lim olishiga chek qoʻyildi, ayollarga universitetlarda oʻqish, nodavlat tashkilotlarda ishlash va sport bilan shugʻullanish, shuningdek, teleboshlovchilarning hijobsiz ishlashi taqiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tolibon jamoat joylarida ayollarning baland ovoz chiqarishini taqiqlagani haqida yozgan edik.

Shuningdek