«Trami» to‘foni oqibatida 110 kishi halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
42 kishi bedarak yo‘qolgan
Foto: The Sun nashri

Filippinga yopirilgan «Trami» tropik to‘foni natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 110 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda hukumatning tabiiy ofatlarga chora ko‘rish agentligiga tayanib, The Sun nashri xabar berdi.

Mamlakat prezidenti Ferdinand Markos Manila janubi-sharqidagi hududga tashrif buyurib, iqlim o‘zgarishi oqibatida yuzaga kelayotgan tabiiy ofatlarga qarshi kurashish bo‘yicha yirik loyiha ustida ish boshlash rejasi haqida ma’lum qildi.

Filippindagi to‘fon oqibatida yuz minglab insonlar evakuatsiya markazida qolgan.

«Qurbonlar soni haqida xabar berilganidan so‘ng «Trami» bu yil Janubi-Sharqiy Osiyoda eng ko‘p talafot yetkazgan to‘fon bo‘ldi», – deydi tabiiy ofatlarni boshqarish bo‘yicha mas’ul Ariel Nepomuceno.

Foto: The Sun nashri

To‘fon transport infratuzilmasiga zarar yetkazgan, jumladan, qator reyslar bekor qilinib, o‘n mingga yaqin odamlar Filippindagi portlarda qolib ketgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Filippinda 7 mingga yaqin orollar mavjud bo‘lib, u yerga har yili 20 ga yaqin to‘fon yopiriladi. «Trampi» 2024-yil boshidan beri kuzatilgan 11-to‘fon hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Amerikaning Florida shtatiga «Milton» to‘foni yopirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek