Uzum milliy raqamli ekotizimi va Women in Tech xalqaro tashkilotining O‘zbekistondagi filiali o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlar IT sohasida ishlayotgan yoki bu sohada o‘z karyerasini endi boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlar uchun o‘qitish va mentorlik dasturlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistan’ga xabar berdi.
«Men Uzum bilan qo‘shma loyihalarning katta salohiyatini ko‘raman, chunki u nafaqat texnologiyalar va ekotizim mahsulotlari sohasidagi innovatsion kompaniya, balki O‘zbekiston xotin-qizlariga elektron tijorat vositalarini o‘rgatish orqali moliyaviy mustaqillikka erishish imkonini beruvchi kompaniya hamdir », — deya ta’kidlaydi Women in Tech Uzbekistan direktori Anna Ambrozevich.
«Uzum kompaniya ichida ham, butun mamlakatda ham xotin-qizlar hamjamiyatlarini faol qo‘llab-quvvatlaydi va rivojlantiradi. Biz o‘z biznesini rivojlantirish uchun Uzum Market’ni boshlang‘ich platforma sifatida ishlatayotgan tadbirkor xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlaymiz, ularni faol o‘qitamiz va Uzum IT-jamoasiga yollaymiz » — deydi Uzum ekotizimining HR direktori Zinaida Staruxina.
Shuningdek, u Women in Tech bilan hamkorlik boshlaganidan mamnunligini bildirib, bu O‘zbekiston xotin-qizlari uchun IT sohasida yangi imkoniyatlarni ochishini ta’kidladi.
Ularning salohiyatini rivojlantirish orqali biz nafaqat mamlakatda innovatsiyalarning o‘sishiga hissa qo‘shamiz, balki texnologik sohada yanada inklyuziv va teng huquqli kelajak uchun sharoit yaratamiz” , — deb qo‘shimcha qildi Zinaida Staruxina.