
Volkswagen kompaniyasi xarajatlarni kamaytirish maqsadida Germaniyadagi bir nechta zavodlarini yopish va ish haqini 10 foizga kamaytirishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Handelsblatt ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, kompaniya 2025 va 2026-yillarda maoshlarni muzlatish va bonuslarni qisqartirishni rejalashtirmoqda.
Volkswagen bosh ijrochi direktori Oliver Blume Xitoydagi yuqori ishlab chiqarish xarajatlari va raqobatni hisobga olib, kompaniyaning raqobatbardoshligini saqlab qolish maqsadida xarajatlarni 4 mlrd yevroga kamaytirishni rejalashtirmoqda. Bu vaziyat avtomobil sanoatining o‘zgaruvchan sharoitlarida muvozanatni saqlash qiyinligini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google va Volkswagen haydovchilar uchun AI yordamchisini ishga tushirgani haqida yozgan edik.