Abbosbek Fayzullayev Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Osiyo futbol konfederatsiyasi mukofotladi
Foto: O‘FA

29-oktabr kuni Janubiy Koreyaning Seul shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) tomonidan 2023-yilning eng yaxshi yosh futbolchisi nominatsiyasida Abbosbek Fayzullayev g‘alaba qozondi. Bu haqda AFC rasmiy sayti xabar berdi.

21 yoshli futbolchi 2023/2024-yilgi mavsumda kuchli o‘yin ko‘rsatib, 2015-yilda Dostonbek Hamdamovdan keyin ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi.

Fayzullayev «Paxtakor» akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U 2023-yil avgust oyida Moskvaning «SSKA» klubi bilan shartnoma imzoladi va debyut mavsumida beshta gol urib, 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum sentabr oyida u Moskva klubining eng yaxshi futbolchisi mukofotini qo‘lga kiritgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abbosbek Fayzullayev jahonning eng yaxshi yosh futbolchisi nomzodlaridan ekanligi haqida yozgan edi.

Shuningdek