Air Samarkand Vyetnamning Fukuok oroliga yangi reysni yo‘lga qo‘yadi

eʼlon qilindi
Parvoz 7 soat 5 daqiqa davom etadi
Foto: Air Samarkand

Air Samarkand aviakompaniyasi 1-noyabrdan Fukuok oroliga yangi reysni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentdan samolyot soat 23:55 da jo‘nab ketadi, parvoz 7 soat 5 daqiqa davom etadi. Fukuokdan qaytuvchi reys mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da jo‘naydi va Toshkentga soat 16:00 da yetib keladi.

Airbus A330-300 samolyotlarida 36 ta qulaylik darajasi oshirilgan joylar va 277 ta iqtisodiy sinf o‘rinlari mavjud.

Yangi yo‘nalish Crystal Bay Tourism turoperatori bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Air Samarkand» Jiddaga birinchi parvozini amalga oshirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek