Argentinada 38 yillik mehmonxona binosi qulab tushdi

eʼlon qilindi
Yo‘qolganlar orasida qurilish maydonchasidagi ishchilar ham bor
Foto: Pablo Funes/Reuters

Argentinada 10 qavatli mehmonxona qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana to‘qqiz kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, poytaxt Buenos-Ayresdan Atlantika okeani sohilida, taxminan 370 km uzoqlikdagi Villa Gessel shahridagi 10 qavatli Dubrovnik mehmonxonasi 29-oktabr kuni ertalab qulab tushdi.

O‘t o‘chiruvchilar, tez tibbiy yordam xodimlari va politsiya 300 ta dron va maxsus itlar yordamida vayronalar ostida omon qolganlar va o‘lganlar jasadini qidirishda davom etmoqda.

Buenos-Ayres provinsiyasi xavfsizlik vaziri Xaver Alonso TN telekanali orqali qurbon bo‘lgan 80 yoshli erkak vayron bo‘lgan mehmonxona yonidagi binoda istiqomat qilganini aytdi.

Foto: Firstport.com

Marhum erkakning umr yo‘ldoshi qutqarilgan, o‘g‘li esa voqea joyida bo‘lgan-bo‘lmagani noma’lum, deya qo‘shimcha qildi Alonso.

Bayonotga ko‘ra, bedarak yo‘qolganlar orasida mehmonxonadagi qurilish maydonchasi ishchilari ham bor.

Alonso jurnalistlarga «to‘qqizdan 11 kishigacha» o‘sha paytda binoda bo‘lishi mumkinligini aytdi, bu taxminni shahar meri Gustavo Barrera ham bergan.

Ma’lumot uchun, bino 1986-yilda ochilgan.

Binoning qulashi sabablari hozircha ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobus ko‘prikdan qulab tushgani haqida yozgan edik.

Shuningdek