Aholi chiroyli avtoraqamlarga qancha pul sarfladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Eng qimmati 571,1 mln so‘mga sotilgan
Foto: UzEx.uz

Joriy yilning 9 oyi ichida O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining (O‘zRTXB) avtoraqam.uzex.uz savdo tizimi orqali 620 mlrd so‘mlik 152 mingdan ziyod avtoraqamlar shaffof auksion orqali sotildi. Avtomobil raqamlarining sotuv soni hamda hajmi bo‘yicha 2,6 barobarga o‘sgan. Bu haqda O‘zRTXBning 9 oylik hisobotida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu sotilgan avtoraqamlardan 97 foizi jismoniy shaxslarga qolgan uch foizi esa yuridik shaxslarga to‘g‘ri kelgan.

Ushbu sotilgan avtoraqamlardan eng arzoni 1,7 mln so‘m bo‘lsa, eng qimmati 571,1 mln so‘mga sotilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda chiroyli avtomobil raqamlari savdosi uch barobarga oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek