O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi kun arzonlashdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bugun uning narxi deyarli 10 so‘mga pasaydi
                    
                            
29-oktabr kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning rasmiy narxi 9,95 so‘mga pasaydi va 12 784,97 so‘mni tashkil qildi.
Moliya institutlarida dollar 12 730 – 12 775 so‘mdan xarid qilinmoqda va 12 800 – 12 855 so‘mdan sotilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda 28-oktabr kuni dollarning rasmiy narxi 13,47 so‘mga pasaygan edi. AQSh valyutasi 24-oktabrdan buyon arzonlashib kelmoqda.
