Endi individual harakatlanuvchi vositalarda sodir etilgan qoidabuzarlik javobgarlikka sabab bo‘ladi
Individual harakatlanuvchi va kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, davlat rahbari tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Bundan tashqari, tez tibbiy yordam va yongʻin-qutqaruv xizmatlarining transport vositalari orqali sodir etilgan qoidabuzarliklari bo‘yicha ortiqcha qogʻozbozlikni bartaraf etish uchun yangi tartib joriy etiladi.
Shuningdek, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari orqali aniqlangan yoʻl harakati qoidalari buzilishi ma’lumotlari jarima solish uchun vakolatli tashkilotlarga 48 soat ichida yuborilmasa, ma’muriy ish yuritilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tadbirkorlikda ortiqcha hujjatbozlikka yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar jazolanishi haqida xabar bergan edik.