1-noyabr kuni Toshkent tumanida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda «Toshkenttumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bu 42,9 mingta xonadon, 610 ta ulgurji iste’molchi va 41 ta ijtimoiy soha obyekti zangori yonilg‘isiz qolishini anglatadi. Gaz ta’minotining to‘xtashi gaz tarmoqlaridagi diafragmalarning yozgi rejimdan qishki rejimga o‘tishi bilan bog‘liq.
«1-noyabr, juma kuni ta’mirlash ishlari 08:00 dan 18:00 gacha olib boriladi», – deyiladi xabarda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan gaz ta’minoti bilan bog‘liq 1,5 mingta shikoyat kelib tushgani haqida yozgan edi.