Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish 37,5 mln so‘mdan jarimaga sabab bo‘ladi

eʼlon qilindi
Guruh bo‘lib amalga oshirilsa, 187 mln so‘mgacha
Foto: Svedolier/Depositphotos.com

Endi foydali qazilmalarni qonunga xilof yoki ruxsatnomasiz qazib olganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Prezident imzolagan qonun bilan ayrim kodekslarga o‘zgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik kodeksiga yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallash va qurilish ishlarini olib borish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun ichki ishlar organlariga vakolatlar berilishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish 37,5 mln so‘mdan 112,5 mln so‘mgacha jarima yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sabab bo‘ladi. Bunda harakatlar guruh bo‘lib amalga oshirilgan taqdirda, 112,5 mln so‘mdan 187,5 mln so‘mgacha jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish chorasi ko‘riladi. Guruh bo‘lib qilingan jinoyat zarari yirik ko‘lamli bo‘lsa, besh yildan sakkiz yilga qadar ozodlikdan mahrum qilish jazosi beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq individual harakatlanuvchi vositalarda sodir etilgan qoidabuzarlik javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida yozgan edik.

Shuningdek