29-oktabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov va Buyuk Britaniya Lordlar palatasi a’zosi va Global Trade platformasi asoschisi Jon Desmond Veyverli uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda Veyverli tomonidan eksportchilarga butun dunyo bo‘ylab hamkorlar topishga yordam beruvchi Global Trade platformasini taqdimotini namoyish etildi.
GoGlobal Trade – xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va jahon bozorida biznes o‘sishini rag‘batlantirishga qaratilgan keng qamrovli global platforma. U korxonalarning global ishtirokini kengaytirish va ularning xalqaro savdo operatsiyalarini optimallashtirishda qo‘llab-quvvatlash uchun bir qator xizmatlar va resurslarni taqdim etadi.
Platforma 195 ta davlatga chiqish imkoniyatini beradi. Savdo tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
Uchrashuvda O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar, jumladan, valyuta siyosati, erkin iqtisodiy zonalar va xorijiy investorlar uchun imtiyozlar muhokama qilindi.
Hamkorlik doirasida tomonlar o‘quv seminarlari o‘tkazish va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishga kelishib oldilar.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buyuk Britaniyaning Tabiat tarixi muzeyi O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishini yozgan edi.