Yangiliklar

Kareliya O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi uchun shungit mineralini yetkazib beradi

Mineral hayvonlar ozuqasiga qo‘shimcha sifatida ishlatiladi
Foto: Ostariyanov/Depositphotos

O‘zbekiston Kareliya Respublikasidan sinov tariqasida shungit mineralini import qilmoqda. Bu haqda «TASS» agentligiga Kareliya iqtisodiy rivojlanish vaziri Oleg Yermolayev ma’lum qildi.

“Kareliya zavodi o‘zining ilmiy ishlanmalariga ega. Yo‘nalishlardan biri shungitni qishloq xo‘jaligi hayvonlari uchun ozuqaga qo‘shimcha sifatida ishlatishdir. Shungit gribok va boshqa zararli mikroorganizmlarning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi», – deya aniqlik kiritdi Yermolayev.

Shungit ugleroddan tashkil topgan moddadir. Bundan tashqari, qurilish, metallurgiya va rang-tasvirda qo‘llaniladi. Shungit aralashmalari o‘g‘it sifatida ham ishlatiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kareliyaning RK-Grand zavodi O‘zbekistondagi qurilish korxonalariga sellyuloza yetkazib berishni boshlashi haqida yozgan edi.