O‘zbekiston va Pokiston o‘zaro tovar aylanmasini $1 milliardga yetkazmoqchi

eʼlon qilindi
Bu mavzuni 28-oktabr kuni Islomobodda O‘zbekistonning yangi elchisi Alisher To‘xtayev va Pokiston prezidenti Asif Ali Zardari muhokama qildi
Foto: Dunyo AA

O‘zbekiston va Pokiston yaqin yillarda tovar aylanmasi hajmini $1 milliardga yetkazish niyatida. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Bu mavzuni 28-oktabr kuni Islomobodda O‘zbekistonning yangi elchisi Alisher To‘xtayev va Pokiston prezidenti Asif Ali Zardari muhokama qildi.

Uchrashuv chog‘ida madaniy-gumanitar va sayyohlik almashinuvi ham muhimligi ta’kidlandi. Pokiston prezidenti o‘z fuqarolari uchun viza rejimining soddalashtirilishi O‘zbekistonga sayohatlarni osonlashtirishini qayd etdi.

Asif Ali Zardari noyabr oyiga rejalashtirilgan Toshkent va Lahor o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarning tiklanishi sayyohlar oqimini ko‘paytirishga va mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Pokistonga O‘zbekistonning yangi elchisi yetib borganini yozgan edi.

Shuningdek