O‘zbekistonda elektron xizmatlarga talab kuchaymoqda: Meta va Google peshqadam, Netflix va Booking.com esa jadal o‘sdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: PromesaStudio / www.depositphotos.com

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar 101,9 mlrd so‘m soliq to‘lagan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 barobarga oshgan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

To‘langan jami soliqlarning 99,9 foizi 10 ta xorijiy kompaniyaga to‘g‘ri keladi: Meta (41,1 mlrd so‘m), Google (26,1 mlrd so‘m), Apple (22,6 mlrd so‘m), Amazon (3,7 mlrd so‘m), Booking.com (2,2 mlrd so‘m), Zoom (1,4 mlrd so‘m), Netflix (1,3 mlrd so‘m), Acca (1,2 mlrd so‘m), Yandex Europe (1,1 mlrd so‘m) va Xsolla (900,3 mln so‘m).

Foto: Soliq qo‘mitasi

Amazon, Booking.com va Netflix kompaniyalarI o‘z daromadlarini ikki barobardan ortiq oshirdi. Masalan, Netflix 51 foizga o‘sdi. Booking.com ham 50 foizga o‘sishni namoyish etdi, bu mehmonxonalarni bron qilish ko‘payganidan dalolat beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Amazon o‘zbekistonlik sotuvchilar uchun o‘z tovarlarini sotish uchun ruxsat berganligi haqida yozgan edi.

Shuningdek