O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev meksikalik Rikardo Espinosa bilan vaqtinchalik WBA kamari uchun jang qiladi, deb xabar berdi All Boxing portali. Jang 2024-yilning 14-dekabr sanasida bo‘lib o‘tadi.
Avvaliga Ahmadaliyev mutlaq chempion Naoya Inouega qarshi ringga chiqishi kerak edi, lekin u boshqa bokschiga qarshi chempionlik unvonini himoya qilish uchun jang qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Ahmadaliyev 2023-yilning aprel oyida Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) va Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) tasnifiga ko‘ra, chempionlik kamarini filippinlik Marlon Tapalesga boy bergan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shahram G‘iyosov WBO talqini bo‘yicha bokschilar orasida birinchi qatorni egallagani haqida yozgan edi.