O‘zbekistonlik tadbirkor Tataristonda kungaboqar yog‘i ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
eʼlon qilindi
Avtonom respublika tomonidan zavod qurilishi uchun yer ajratildi

O‘zbekistonlik Ergash Garipov Tataristonda kungaboqar yog‘i ishlab chiqaruvchi zavod qurmoqchi, deb xabar berdi «Realnoe Vremya».
Mintaqa hukumati tadbirkorga 7 ming kvadrat metr maydon ajratdi. Loyiha muallifi biznes-rejani amalga oshirish uchun investor qidirmoqda.
Korxonada kuniga o‘n tonna kungaboqar yog‘i ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston prezidentining Qozonga tashrifi haqida yozgan edi.