O‘zbekistonlik Ergash Garipov Tataristonda kungaboqar yog‘i ishlab chiqaruvchi zavod qurmoqchi, deb xabar berdi «Realnoe Vremya».
Mintaqa hukumati tadbirkorga 7 ming kvadrat metr maydon ajratdi. Loyiha muallifi biznes-rejani amalga oshirish uchun investor qidirmoqda.
Korxonada kuniga o‘n tonna kungaboqar yog‘i ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston prezidentining Qozonga tashrifi haqida yozgan edi.