Yangiliklar

Rossiyada Oʻzbekistondan olib kelingan pomidorlarda virus aniqlandi

Hodisa Yekaterinburgda sodir boʻlgan
Foto: Unsplash

Rossiya Oʻzbekistondan olib kelingan 1,3 tonna pomidorda virus aniqlangani sababli iste’molga yaroqsiz deb topildi. Bu haqda «Rosselxoznadzor» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa Yekaterinburgda sodir boʻlgan, sabzavotlar vaqtincha saqlash omboriga olib borilgan. Karantin fitosanitar nazorati natijalariga koʻra, mevalarda «Pomidor jigarrang bujmayish virusi“ aniqlangan.

“Virus mavjudligi laboratoriya tekshiruvi bilan tasdiqlangan. Xavfli virusning Rossiyaga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish uchun zaharlangan pomidor partiyasini olib kirish taqiqlanadi. Egasining qarori bilan mahsulotlar yoʻq qilindi», – deyiladi xabarda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oʻzbekistonda pomidor eksporti besh foizga kamaygani haqida xabar bergan edi.