Saida Mirziyoyeva BMT vakili bilan Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
eʼlon qilindi
Hamkorlikning boshqa sohalari ham ko‘rib chiqildi
Saida Mirziyoyeva O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabina Mahl bilan uchrashib, mamlakatimiz va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘llarini muhokama qildi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.
Prezident yordamchisining soʻzlariga koʻra, uchrashuvda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Kursiv Uzbekistan avvalroq Mirziyoyeva BMT jamg‘armasi vakili bilan saraton kasalligiga qarshi kurash mavzusida uchrashuv o‘tkazgani haqida yozgan edi.