WBO reytingni yangiladi. O‘zbekistonlik bokschilar qaysi o‘rindan joy oldi

eʼlon qilindi
Ro‘yxatda yettita o‘zbekistonlik kiritilgan
Foto: O‘zbekiston Boks Federatsiyasi

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) reytingi yangiladi. Ro‘yxatga O‘zbekistondan yetti nafar bokschi joy oldi. Yarimo‘rta vaznda eng yuqori o‘rinni Shahram G‘iyosov egalladi.

Qolgan bokschilar quyidagi pozitsiyalardan joy oldi:

  • Birinchi o‘ta yengil vazn (47,63 kg) — Hasanboy Do‘smatov, 10-o‘rin;
  • Yengil vazn (50,8 kg) — Olimjon Nazarov, 3-o‘rin;
  • Supero‘rta o‘rta vazn (76,2 kg) — Bektemir Meliqo‘ziyev, 11-o‘rin;
  • Superog‘ir vazn (91,17 kg.dan yuqori) — Bahodir Jalolov, 15-o‘rin;
  • Birinchi yarim yengil vazn  (55,34 kg) — Muhammad Shehov, 5-o‘rin va Murodjon Ahmadaliyev, 12-o‘rin.

Shuningdek, reytingga o‘rta vazn toifasida ikki nafar qozog‘istonlik bokschi ham kiritildi. Ular mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Janibek Alimxanuli (chempion) va Meyirim Nursultanov hisoblanadi.

Shuningdek