
Bugun, 30-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida yomg‘ir yog‘adi, boshqa viloyatlarda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. O‘rtacha havo harorati 10-15 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi, lekin yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi havo harorati 13-15 daraja iliq, kechga kelib 4-6 daraja salqin bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi ehtimoli bor. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Kunduzi 2-7 daraja iliq, kechga kelib 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.