AQShdagi prezidentlik saylovlari oldidan oltin narxi ko‘tarildi
Oltin narxining davomli o‘sishi hisobiga 5 grammlik oltin quymasi qariyb 5,87 mln so‘mga yetdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Markaziy bankining oltin va qiymatli tangalari jahondagi narxlarning oshishi ortidan qimmatlashmoqda. 30-oktabr kuni ertalabki savdolarda bir troy unsiyasining qiymati deyarli $2,8 mingga yetdi.
Markaziy bank 10 grammlik oltin quymasining sotilish narxini 11,7 mln so‘m, 20 grammlisini 23,4 mln, 50 grammli quymani esa 58,6 mln ming so‘m etib belgiladi.
Qimmatbaho metallga bo‘lgan talabning yuqoriligi sabablari orasida AQSh prezidentlik saylovlari tobora muhim ta’sir kuchiga ega bo‘lib etmoqda. Amerika matbuotiga ko‘ra, nomzodlarning g‘alaba qozonish imkoniyatlari deyarli teng. Ovoz berish natijalarining oldindan aytib bo‘lmaydiganligi investorlarning qo‘rquvini oshirmoqda.
Bundan tashqari, mehnat bozoridagi vaziyat oltinga qo‘shimcha ta’sir ko‘rsatdi. Uning sovishi Federal zaxira tizimi tomonidan stavkalarni yanada pasaytirish uchun argumentga aylanishi mumkin. Bunday davrlarda qimmatbaho metall investorlar uchun yanada jozibador ko‘rinadi.
Qimmatbaho metall narxining oshishining yana bir omili Eron va Isroil o‘rtasidagi o‘zaro raketa hujumlaridan keyin mojaroning kuchayishi xavfi bo‘lib qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oltin fondlariga investitsiyalar rekord darajada yetgani haqida yozgan edik.